서브타이틀 이미지 입니다.

Chet ellik talabalar uchun mutaxassislik

Chet ellik talabalar uchun mutaxassislik

Kyungil Universiteti Biznes menejmenti fakulteti chet ellik talabalar uchun alohida mutaxassislik yuritadi.
  • Biznes menejmenti fakultetining chet ellik talabalar uchun mutaxassisliklari orasida “Koreys biznesi” mutaxassisligi bor.
  • Bu mutaxassislikda faqat chet ellik talabalar o’qitiladi.
  • Bu mutaxassislik chet ellik talabalarning Koreya bilan yaqindan tanishib chuqur bilimga ega bo’lishi uchun maxsus loyihalashtirilgan.
  • Chet ellik talabalarning koreys tili mahoratini oshirish va biznes haqida ta’lim berish orqali Koreya bilan bog’liq biznes sohasida faoliyat yurita oladigan global “yangi talantli kadr”larni yetishtirish maqsad qilib qo’yilgan.
  • Koreys tili, Koreya bo’yicha professional bilim, biznes bo’yicha fanlar o’qitilib, ishga joylashish bo’yicha maslahat va ko’rsatmalar beriladi.
  • Bitiruvchilar asosan chet elda faoliyat yurituvchi koreys kompaniyalarining Koreya va chet eldagi filiallari, Koreya bilan hamkorlik qiluvchi chet ellik talabalar o’z yurtida ochgan kompaniyalar, koreys tilida tarjimonlik va koreys tilini o’qitish sohalarida faoliyat yuritishadi.
외국인학생전공.png